Maxfiylik
Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilaniş: 2026-yil 12-oktabr
Qisqasi: öqiş uçun heç narsa söramaymiz. Röyxatdan ötmasdan istalgan sahifani öqiysiz. Kuzatuvçi reklama skriptlari, ijtimoiy tarmoq tugmalarining kuzatuvçilari yöq. Ma'lumotingizni sotmaymiz va heç kimga bermaymiz.
Kirmagan öquvçi
- Öqişlar soni — mavzu böyiça kunlik umumiy son (masalan, «bugun 12 marta öqildi»). Kim öqigani yozilmaydi.
- «tema» cookie — yoruğ yoki qoronği körinişni tanlasangiz, şuni eslab qoliş uçun. Boşqa narsa yöq.
- Forma yuborsangiz (taklif, xato xabari) — yozganingiz va spamdan himoya uçun IP manzilingizning bir kunlik xeşi (IP'ning özi saqlanmaydi, xeş har kuni almaşadi).
Röyxatdan ötgan foydalanuvçi
- Kiriş — Telegram yoki Google orqali. Telegram'dan ism, rasm va ID, Google'dan ism, rasm va email olinadi. Email oçiq körinmaydi; telefon raqami saqlanmaydi.
- Ism va username — özingiz kiritasiz; izohlaringiz, hissalaringiz va profilingizda oçiq körinadi. Profilingiz qidiruv tizimlariga (Google va boşqalar) körsatilmaydi.
- Izoh, ovoz, töplam, taklif, hissa, ball — sayt mazmunining bir qismi. Ular oçiq, çunki «sanad» tamoyili bor: kim nima qöşgani körinib turadi.
- Sessiya cookie (
sb-manbaa) — kirgan holatingizni saqlaydi; JavaScript öqiy olmaydi (httpOnly). - Doktorlik arizasi (universitet, diplom raqami, telefon) — faqat siz va boş admin köradi; ilmiy darajangizni tasdiqlaş uçun siz bilan boğlanamiz.
- Agent kaliti — «Agentingizga tekşirtiring» tugmasi bosilsa, şaxsiy kalit brauzeringizning özida (localStorage) saqlanadi; bazada uning faqat xeşi turadi.
- Şaxsni tasdiqlaş (✓) — hujjat ma'lumoti saqlanmaydi: faqat «tasdiqlangan» belgisi, usul va sana.
Taşqi xizmatlar
- Rasmlar — ba'zi rasmlar (portret, logo) Wikimedia Commons'dan yuklanadi; bunda brauzeringiz Wikimedia serveriga murojaat qiladi.
- YouTube — video muqovasi YouTube serveridan; pleyer faqat siz bosganingizda, kuzatuvi kamaytirilgan rejimda (youtube-nocookie.com) yuklanadi.
- Haqiqiy xarita — «Haqiqiy xaritada oçiş» yoki globusni oçsangiz, xarita OpenFreeMap (oçiq xarita xizmati) serveridan yuklanadi; bunda brauzeringiz uning serveriga murojaat qiladi. Mavzudagi «Hayot yöli»da — faqat siz bosganingizda; /globus sahifasida — sahifa oçilganda. «Atrofimda» qatlamida joylaşuvingiz (≈1 km) faqat yaqin joylarni topiş uçun yuboriladi — saqlanmaydi va loglarga yozilmaydi.
- Telegram va Google — kirişni tanlasangiz, öşa xizmat orqali tasdiqlanadi.
Qayerda va qança muddat
- Ma'lumotlar bazasi bizning serverimizda, Yevropa Ittifoqida (Litva) turadi; keyinçalik Özbekistondagi serverga köçiriş rejalaştirilgan.
- Hisobingizni öçirişni sörasangiz — email, ism va şaxsiy ma'lumotlar öçiriladi. Oçiq hissalaringiz (izoh, sanaddagi yozuvlar) mazmunning bir qismi sifatida «öçirilgan foydalanuvçi» nomi bilan qolişi mumkin — sanad zanjiri uzilmasligi uçun.
- IP xeşi — spamdan himoya uçun, faqat şu kun içida ma'noga ega.
Huquqlaringiz
Özingiz haqingizdagi ma'lumotni köriş, tuzatiş yoki öçirişni söraşingiz mumkin. Ism va username'ni profil sahifasida özingiz özgartirasiz; qolganini bu forma orqali yozing.
Yangi turdagi ma'lumot yiğila boşlasa (masalan, sayt statistikasi yoki onlayn tölov), avval şu sahifa yangilanadi.