Naşriyot va matbaa uylari uçun
Kitobingiz millionlab yoşlarga yetib borsin
Assalomu alaykum, aziz naşriyot va matbaa uyi jamoasi!
Manbaa — özbek tilidagi oçiq bilim maydoni. Bu yerda har bir mavzu manbasi bilan, sodda va tuşunarli tilda yoziladi. Maqsadimiz bitta: özbek yoşlari bilimni oçiq, işonçli va öz ona tilida topa olsin.
Bilim maydonining eng katta boyligi — kitob. Sizning naşriyotingiz yillar davomida yaratgan kitoblar esa ana şu boylikning asosi.
Biz sizga taklif qilamiz
Agar özbek tili, ta'lim va yurt ravnaqiga hissa qöşişni istasangiz, kitoblaringizni Manbaa'da oçiq qilib joylaymiz:
- Kitobingiz töliq körinadi — Google va boşqa qidiruv tizimlarida topiladi, har sahifasida naşriyotingiz nomi va havolasi turadi.
- Ruxsatingiz oçiq körsatiladi — bergan ruxsat hujjatingiz kitobning öziga, birinçi sahifa yoniga joylanadi. Har bir öquvçi kitob qayerdan va kimning roziligi bilan kelganini köradi.
- Mavzularga boğlanadi — kitobdagi bilim Manbaa'ning tegişli mavzulariga manba sifatida ulanadi: öquvçi mavzudan kitobingizga, kitobingizdan naşriyotingizga yöl topadi.
- Öqilişlar soni oçiq — kitobingiz neça marta öqilgani sahifaning özida körinib turadi.
Bizga nima kerak
- Kitobning elektron nusxasi (PDF yoki matn).
- Joylaşga ruxsat beruvçi qisqa hujjat — naşriyot rahbari imzosi va muhri bilan.
Kitob kirill yozuvida bölsa ham, muammo emas — uni Manbaa'da öqiş uçun moslaymiz, asl nusxa özgarişsiz qoladi.
Biz bilan boğlaniş
Har bir ariza bilan Manbaa asoşçisi Rahim Sadiy şaxsan tanişib çiqadi.
Ilm — ulaşilganda köpayadigan yagona boylik.