Asosiy mazmunga ötiş

Nima yangi v1.6.4 · 25-oktabr

Hamma versiyalar →
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Taqqoslaş / Vikipediya

    Nega öquvçilar Vikipediya örniga Manbaa'ni tanlaydi

    Vikipediya — insoniyatning ulkan yutuği: bilimni töpladi. Manbaa boşqa savolga javob beradi: töplangan bilimni tekşiradi va tizimga soladi — har fakt manbasi bilan, har özgariş zanjiri oçiq, işonçni insonlar belgilaydi.

    Raqamlar 20-oktabr 2026 holatiga; Vikipediya soni — rasmiy statistikasidan.

    Raqamlarda

    Qayerda oldinda — va qayerda emas

    Har çiziq — haqiqiy qiymat, aynan proporsiyada.

    Har sahifada oçiq işonç bali

    Faqat Manbaa'da

    Manbaa · 100%
    Vikipediya · 0%

    Köproq — yaxşi · öquvçi baho bera oladimi

    Imkoniyatlar

    12,0× köp

    Manbaa · 12/13
    Vikipediya · 1/13

    Köproq — yaxşi · pastdagi jadvaldagi 13 mezon

    Hajm — maqola soni

    Vikipediya 55× katta

    Manbaa · 6 660
    Vikipediya · 368 825

    Halol: hajmda Vikipediya oldinda. Manbaa'da har mavzu — 4 ta tuzilgan fakt örtaça

    Nega Manbaa

    Tört farq — öz közingiz bilan

    Yonma-yon

    Qator-baqator taqqoslaş

    Yaşil belgi — kuçli tomon, kulrang nuqta — betaraf. Har farq yonida — saytdagi jonli isbot.

    Bilim şakli

    ✓ManbaaHar fakt — tuzilgan qiymat: sana, son, birlik, boşqa mavzuga havola. Şuning uçun filtr, saralaş, taqqoslaş, xarita va vaqt çiziği öz-özidan işlaydi.Davlatlarni yonma-yon taqqoslaş →
    •VikipediyaMaqola — erkin matn. Tuzilgan ma'lumot alohida loyihada (Wikidata) yaşaydi va maqolaga qisman, kartoçka sifatida çiqadi.

    Nima kiradi

    ✓ManbaaFaqat vaqt ötsa ham qiymatini yöqotmaydigan bilim — qayta-qayta murojaat qilinadigan manba. Bugun öqib ertaga unutiladigan ma'lumot (yangilik, miş-miş) kirmaydi; özgarib turadigan raqamlar — alohida jonli qatlamda, sanasi bilan.Qomusiy qoidalar →
    •Vikipediya«Vikipediya gazeta emas» qoidasi bor, lekin tahrir oçiq: kim nima yozsa, avval sahifaga çiqadi, saralaşni muharrirlar keyin qiladi. Dolzarb voqealar köpinça yangilik kabi yoziladi.

    Bilim tizimi

    ✓ManbaaHar mavzu öz örnida: ota-bolasi, qöşnisi, kesişgan sohasi körinib turadi. Biologiya → 38 tarmoq, 5 yönaliş, fanlar çegarasi.Biologiya tarmoqlari daraxti →
    •VikipediyaMaqolalar havolalar va toifalar bilan boğlangan; toifalar daraxti köpinça çalkaş, öquvçiga körinmaydi.

    Kim özgartiradi

    ✓ManbaaAsosiy matnni heç kim töğridan-töğri özgartirmaydi. Matnning aniq joyiga izoh yoziladi → tekşiriladi → manba bilan kiritiladi.
    •VikipediyaIstalgan kişi maqolani töğridan-töğri tahrirlaydi; notöğri tahrir keyin qaytariladi.

    Özgarişlar tarixi

    ✓ManbaaSanad — hadis sanadi kabi öqiladigan zanjir: kim yozdi, qaysi izohdan, qaysi manbaga tayanib, kim tekşirdi. Matnning qaysi qismi kimniki — foizda.Sanad namunasi →
    •VikipediyaTöliq tahrirlar tarixi bor, lekin texnik farqlar (diff) körinişida — oddiy öquvçi uçun öqiş qiyin.

    Fikrlar xilma-xilligi (plyuralizm)

    ✓ManbaaFakt va fikr — ikki alohida qatlam. Fikrlar mavzu ostida yonma-yon turadi, ovoz bilan saralanadi; eng asoslisi «etalon» böladi.
    •VikipediyaBitta «betaraf» matn. Turli qaraşlar muhokama sahifasida qoladi — uni öquvçilarning aksariyati körmaydi.

    Işonç qayerdan

    ✓ManbaaHar mavzu va har bölim yonida 0–100 oçiq işonç körsatkiçi: manbalar, tekşiruv va insonlar bahosi («Mukammal» … «Notöğri»). Şubha — sababi bilan, ballni kesadi. Hisobni heç kim qölda özgartira olmaydi.Bosib sinab köring →
    •VikipediyaMuharrirlar kelişuvi (konsensus). Vikipediya qoidasiga köra, u ovoz beriş orqali boşqarilmaydi. Sifat belgisini («Yaxşi maqola», «Tanlangan maqola») muharrirlar qöyadi; öquvçi maqolaga işonç bahosi bera olmaydi.

    Hissa qadri

    ✓ManbaaHar qabul qilingan hissa — ball, daraja, nişon. Faxriylar reytingi; yangi mavzuni boşlagan kişi — abadiy «birinçi manba».Faxriylar →
    •VikipediyaMualliflik tahrirlar tarixida qoladi; minnatdorçilik asosan muharrirlarning özaro mukofotlari orqali.

    Sun'iy intellekt

    ✓ManbaaSI ham hissa qöşadi: muallif sifatida model nomi yoziladi, matnda SI yozgan qism belgilanadi (✦), modellar va kompaniyalar alohida reytingda.SI uçun yöriqnoma →
    •VikipediyaSI hissasi uçun alohida oçiq kanal va reyting yöq.

    Köriniş

    ✓ManbaaHar kategoriya öz körinişida: davlat — xarita va jonli raqamlar, şaxs — umr çiziği va hayot yöli xaritasi, fan — tarmoqlar daraxti, yil — kunlar xronikasi.Özbekiston sahifasi →
    •VikipediyaHamma mavzu — bir xil maqola sahifasi.

    Jonli raqamlar

    ✓ManbaaAholi, YaIM, valyuta kursi, ob-havo — bot rasmiy manbalardan muntazam oladi; har qiymat sanasi va manbasi bilan, tarixi grafikda.Aholi xaritasi →
    •VikipediyaRaqamlarni asosan muharrirlar qölda yangilaydi (ba'zi şablonlar Wikidata'dan oladi).

    Til va öquvçi

    ✓ManbaaÖzbek tilida, özbek öquvçisi uçun noldan loyihalangan: özbekça sana va asr tizimi, hijriy sana, Toşkent bilan vaqt farqi, Ramazonda saharlik va iftorlik.1441-yil xronikasi →
    •VikipediyaÖzbekça Vikipediya — 300 dan ortiq tildagi global loyihaning bir bölimi.

    Hajm

    •ManbaaHozirça bir neça ming mavzu — lekin har biri tuzilgan, manbali va tekşiriladi. Sifat birinçi, hajm keyin.
    ✓VikipediyaÖzbekça Vikipediyada 368 825 maqola, butun dunyoda — millionlab. Yigirma yillik hamjamiyat.

    Til — tanlovimiz

    Nega faqat özbek tilida?

    Manbaa — milliy ensiklopediya. Biz tilimizni qadrlaymiz, şuning uçun sayt faqat özbek tilida va bu — ataylab.

    • Dunyo bilimini öz tilimizda. Turli tildagi manbalardan olinadi — lekin öquvçiga özbekça, özbek atamasi va özbek sana tizimi bilan yetib boradi.
    • Özbek tilini rivojlantiriş. Har yangi mavzu — özbek tilida yozilgan yana bir ilmiy matn, yangi atama, yangi ifoda.
    • Qadriyatlarimizni öz tilimizda ifoda etiş. Allomalarimiz, kitoblarimiz, şaharlarimiz — tarjima qilingan maqola emas, öz zaminidan yozilgan bilim.

    Vikipediya — 300 dan ortiq tildagi global loyiha, özbekça bölimi uning bir qismi. Manbaa esa boşidan özbek öquvçisi uçun loyihalangan: hijriy sana, Toşkent bilan vaqt farqi, Ramazonda saharlik va iftorlik — şu tanlovning natijasi.

    Qisqa javob

    Manbaa yoki Vikipediya?

    5 / 5

    Manbaa'ni tanlang,

    agar bilimning qayerdan kelganini biliş, unga qançalik işonişni köriş, faktlarni taqqoslaş va özbek tilida tizimli örganiş kerak bölsa.

    1 / 5

    Vikipediyani tanlang,

    agar juda tor yoki kam uçraydigan mavzu, boşqa tildagi maqola yoki Manbaa'da hali yöq bilim kerak bölsa.

    • Manbalar körsatiladi✓ Manbaa✓ Vikipediya
    • Oçiq işonç bali✓ Manbaa✕ Vikipediya
    • Sanad — özgarişlar zanjiri✓ Manbaa✕ Vikipediya
    • Tuzilgan faktlar✓ Manbaa✕ Vikipediya
    • Insonlar bahosi✓ Manbaa✕ Vikipediya

    Vikipediyaga 4 ta yulduz yetişmaydi: oçiq işonç bali, sanad zanjiri, tuzilgan faktlar va insonlar bahosi. Manbalar ikkalasida ham bor.

    Ikkalasi ham oçiq bilim. Manbaa Vikipediya va Wikidata'ga tayanadi va buni har faktda körsatadi — biz uni yöq qilmaymiz, bir qadam oldinga olib boramiz.

    Savol-javob

    Köp söraladi

    Manbaa Vikipediyadan yaxşiroqmi?
    Vazifaga boğliq. Hajmda Vikipediya oldinda (368 825 maqola). Bilimning işonçliligi, manbasi, özgarişlar zanjiri va tuzilgan faktlar kerak bölsa — Manbaa: 12/13 mezonda oldinda.
    Manbaa matnni Vikipediyadan köçiradimi?
    Faktlar Wikidata'dan (CC0) olinadi va har biri manbasi bilan körsatiladi. Matnni muallif — inson yoki ✦ sun'iy intellekt — manbalar asosida yozadi; kim yozgani va qaysi manbaga tayangani sanadda oçiq.
    Işonç bali qanday hisoblanadi?
    Har bölim: tekşiruv 30 + bölim manbalari 30 + insonlar bahosi 40; şubha ballni kesadi. Formulani bosib sinab körişingiz mumkin — heç kim qölda özgartira olmaydi.
    Xato topsam nima qilaman?
    Matnning aniq joyini belgilab izoh yozing yoki bölimga «Şubhali» / «Notöğri» bahosini sababi bilan bering. Tekşirilgaç tuzatiladi va sanadda sizning nomingiz bilan qoladi.
    Nega faqat özbek tilida?
    Maqsad — özbek tilida dunyo bilimini qabul qiliş va umummilliy qadriyatlarimizni özbek tilida ifoda etiş. Turli manbalardan foydalanamiz, lekin sayt bitta tilda.

    Özingiz sinab köring

    Bitta mavzuni oçing — manba raqamini bosing, sanadni öqing, bölimga baho bering.