Mualliflar uçun
Manbaa'ga nima yozsa böladi
Qisqasi: abadiy bilim — gazeta emas. Manbaa'da faqat vaqt ötsa ham qiymatini yöqotmaydigan, qayta-qayta murojaat qilinadigan bilim turadi. Bugun öqib ertaga unutiladigan xabar bu yerga kirmaydi.
Yozişdan oldin — 3 savol
- 10 yildan keyin ham kerakmi? Kerak bölsa — Manbaa uçun. Ertaga eskirsa — yangilik sayti uçun.
- Manbasi bormi? Kitob, ilmiy maqola, rasmiy hujjat, ensiklopediya. Manbasiz fakt qabul qilinmaydi.
- Bu fakt yoki fikr? «1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan» — fakt. «Menimça, eng muhim jihati…» — fikr. Ikkalasi ham kerak, faqat har biri öz joyida.
Nima kiradi
Borliqdagi narsa va tuşunça
Vaqt ötsa ham ma'nosini yöqotmaydigan bilim: atama, fan, hodisa, ğoya. Masalan: Demokratiya, Zettelkasten, Grafik dizayn.
Şaxslar, kitoblar, joylar
Kim bölgan, nima yozgan, qayerda — hayoti va işi, sanalari manbasi bilan. Masalan: Alişer Navoiy, Xamsa, Samarqand.
Tugagan tarixiy davr va voqea
Voqea tarixga aylangaç — tugagan va baholangan davr. Masalan: Ikkinçi jahon uruşi, Temuriylar.
Huquqiy hujjat
Farmon, qonun, konstitutsiya, strategiya — qabul sanasi va rasmiy manbasi bilan. Masalan: Konstitutsiya.
Tarixi bilan narsa va taşkilot
Qaçon paydo bölgani, qanday özgargani — bugungi narxi yoki aksiyasi emas. Masalan: Toşkent metropoliteni.
Nima kirmaydi
- Yangilik va yaqindagi voqeaHatto katta voqea ham (masalan, yaqindagi zilzila) — avval tarixga aylansin. Tarixga aylangaç manba böladi.
- Reyting va röyxat«Eng yaxşi telefonlar», «Forbes röyxati» — har yili özgaradi.
- Miş-miş va tasdiqlanmagan gapManbasi yöq yoki «eşitişimça» bilan boşlangan xabar.
- Mahsulot taqdimoti va reklamaÖz biznesi, xizmati, aksiyasi, «bizdan sotib oling».
- Davom etayotgan kampaniyaSaylov taşviqoti, aksiya, tanlov — tugamagunça.
- Statistika töplamiKunlik kurs, narx, ob-havo — ular saytning özida avtomatik yangilanadi.
- Tirik odamning şaxsiy ma'lumotiTelefon, manzil, oilaviy tafsilot — heç qaçon.
Çegara sözda emas — mohiyatda. «Pandemiya 2020–2023» — tugagan tarixiy davr, kiradi; «bugungi kasallaniş soni» — kirmaydi.
Fakt va fikr — ikki qatlam
Manbaa'da har mavzu ikki qatlamdan iborat. Asosiy matn — faktlar, manbasi bilan; uni heç kim töğridan-töğri özgartirmaydi, har özgariş Sanadda körinadi. Fikrlar — insonlarning mulohazasi, muallifi nomi bilan; fikr rad etilmaydi, çunki fikr nisbiy tuşunça.
Masalan, «Konstitutsiya — huquqlarimiz va kelajagimiz kafolati» degan inşo — yangi mavzu emas, Konstitutsiya mavzusi ostidagi fikr. Undagi aniq sanalar va moddalar esa asosiy matnga manbasi bilan qöşiladi.
Mavzu nomi — tuşunçaning özi
Nom sarlavha yoki savol emas. Qidirgan odam nima deb yozsa — öşa. Sahifa manzilini (slug) nomdan tizim özi yasaydi.
Bölimlar tayyor turadi
Har mavzu turi uçun bölimlar (karkas) oldindan belgilangan — yozuvçi ularni öylab ötirmaydi, faqat töldiradi. Şunda har şaxs, har kitob bir xil tartibda öqiladi.
- ŞaxsHayoti · Ijodi (faoliyati) · Merosi
- KitobMazmuni · Yoziliş tarixi · Ta'siri
- JoyJoylaşuvi · Tarixi · Bugun
- Atama va fanTa'rifi · Kelib çiqişi · Qöllanişi
- VoqeaSabablari · Borişi · Oqibatlari
Tayyormisiz?
Mavzu taklif qiling yoki matndagi xatoni körsating — manbasi bilan. Har qabul qilingan hissa sizning nomingiz bilan abadiy qoladi: hissa qöşiş.