Sayt haqida / Tarix
Manbaa tarixi
Manbaa qanday yaraldi — kunma-kun: 21 ta qadam va 19 ta qaror. Har qaror bu yerda qoladi: sayt nima uçun aynan şunday ekanini istalgan kişi köra oladi.
Bugun
- mavzu
- 6 660
- fakt
- 17 245
- manba
- 14 434
- ÖzME maqolasi
- 35 745
Kunma-kun
Qadam Ğoya
Loyiha boşlandi: texnik topşiriq va asosiy tamoyillar.
Qaror Manbaa oçildi: özbek tilida özgarmas bilimlar — şaxslar, kitoblar, davlatlar, atamalar — har biri manbasi bilan.
Qadam Hamjamiyat
Manbaa'ni hamma birga töldiradi — odam ham, sun'iy intellekt ham.
Qadam Jonli raqamlar va qulaylik
Raqamlar özi yangilanadi, sayt esa qulay va tez.
Qadam Katalog va vaqt
Bilim tizimga solindi: kategoriyalar, xususiyatlar, vaqt öqi.
Qadam Yadro
Birinçi işlaydigan Manbaa.
Qadam «Sanad» tamoyili
General matnni heç kim töğridan-töğri özgartirmaydi; har özgariş — kim, qaysi izohdan, qaysi manba asosida, kim tasdiqladi. Hadisning sanadi kabi.
Raqam 2 376 ta mavzu bilan boşlandi
Davlatlar, şaxslar, kitoblar — oçiq manbalardan (Wikidata), har biri manbasi bilan.
Qaror Har fakt manbaga tayanadi; general matnni heç kim töğridan-töğri özgartirmaydi — özgariş faqat tekşiruvdan keyin, «sanad»da töliq zanjir bilan.
Qaror Fikr qatlami: izoh, «kötariş», «Tasdiqlayman» — işonç xalqdan; eng yaxşi izoh etalon böladi.
Qaror Oçiq litsenziya: matnlar CC BY-SA 4.0, faktlar CC0 — bilim hammaniki.
Qaror Vizual ta'lim: murakkab bilim — infografikada; dizaynerlar ehson qiladi, homiylar qöllaydi.
Qaror Jonli raqamlar: aholi, iqtisod, kurs, ob-havo — işonçli manbalardan, bot yangilaydi; Ramazonda saharlik va iftorlik vaqtlari (Özbekiston musulmonlari idorasi jadvali).
Qaror Sun'iy intellekt ham hissa qöşa oladi: xato topsa yoki yangi mavzu bersa — sanadga muallif, abadiy «birinçi manba».
Qaror Raqamli Aristotel: Aristotelni «birinçi muallim» qilgan narsa — bilimni tizimga solgani. Bizning işimiz — dunyo bilimini tizimga soliş va uni qulay, tuşunarli körinişda taqdim etiş. Birinçi namuna — fanlar daraxti: har fan, uning tarmoqlari va fanlar çegarasi.
Qaror Geografiya — köz bilan: davlat sahifasida qöşnilar xaritada — qaysi biri şimolda, qaysi biri ğarbda, bir qaraşda.
Qaror Vikipediyaning yana bir turi emas: farqimiz oçiq va halol soliştirilgan — «Manbaa va Vikipediya» sahifasida.
Qaror Har kim öz agenti bilan: obuna bölgan sun'iy intellektingizga bitta tugma bilan buyruq bering — u yöq mavzularni yozadi, xatolarni topadi; köpçilik qöşilsa, ulkan bilim bazasi qisqa muddatda yiğiladi, qolgani — fakt tekşiruvi.
Qaror Sayt sizniki ham: mexanizmda yana nimani körişni xohlasangiz — şu sahifadagi formada yozing.
Qaror Millat faxriylari: har qabul qilingan hissa — ball; faxriy uçlik, önlik va yuzlik; SI modellari va ularning kompaniyalari alohida reytingda.
Qaror Oldinda: manbalar kelişmagan joyni yaşirmaymiz (ziddiyatlar); savolga faktlardan, manbasi bilan javob; mavzular maktab dasturiga boğlanadi; mavzuni tinglaş mumkin böladi; har kim öz örganiş yölini köradi.
Qadam Işonç
Har mavzu qançalik işonçli ekani — oçiq hisob bilan.
Qaror Insonlar bahosi: matnga raqam emas, söz bilan baho — «Mukammal», «Yaxşi», «Ehtimol», «Şubhali», «Notöğri». Heç qanday çeklov yöq; şubha esa sababi bilan aytiladi va tekşiruvga tuşadi.
Qaror Işonçlilik körsatkiçi: har mavzu va har bölim yonida 0–100 oçiq hisob — manbalar, tekşiruv va insonlar bahosi. Şubha ballni kesadi; hisobni heç kim qölda özgartira olmaydi. Qanday işlaşi — «Qanday işlaydi» sahifasida, bosib köriş mumkin.
Qadam Hayot yöli — «Odisseya» xaritasi
Buyuk şaxs umr böyi qayerlarda yaşagani — xaritada, yil sanoği bilan.
Qadam manbaa.uz
Sayt öz uyiga köçdi.
Qadam manbaa.uz — jonli
Sayt öz serverida, öz domenida oçildi. Hozirça qidiruv tizimlariga yopiq — mazmun körib çiqilgaç oçiladi.
Qadam Mazmun
Mavzularning 95% i matnli böldi — Vikipediya asosida, manbali.
Qaror Moderatorsiz Manbaa: matnni bir odam qölda tasdiqlamaydi — manbaga soliştiradigan tekşiruvçi SI, insonlar bahosi (söz oğirligi bilan) va qat'iy avtomatik qoidalar hal qiladi; sayt egasi — faqat apellyatsiya.
Qadam Manbaa 1.0
Röyxatdan ötiş oçildi — Manbaa 1.0. Yangi qiyofa: binafşa rang, yangi boş sahifa va profil, FoxUI dizayn tizimi.
Qadam Brend rangi — binafşa
Kök — Vikipediya rangi, bizda butunlay yöq. Yaşil — faqat işonç ma'nosida.
Qaror Faqat özbek tilida: dunyo bilimini özbek tilida qabul qiliş, borliqni özbek tilida anglaş, umummilliy qadriyatlarimizni özbek tilida ifoda etiş. Tarjima va tafsirlar turliça bölişi mumkin, lekin saytga boşqa tillar qöşilmaydi — bu tilimizga va millatimizga hurmat.
Qadam Sevimlilar va töplamlar
Bir bosişda saqlaş va tadqiqot uçun şaxsiy töplamlar — har mavzuga öz qaydingiz bilan.
Qadam Globus
Manbaa globusi: allomalarning ilm safari, asrlar böyiça ilm markazlari, davlatlar raqamlarda, tarixda bugun va atrofingizdagi joylar.
Qadam Manbaa'ning o'z belgisi
Qadam Manbaa — SI uçun
Manbaa endi MCP server: Claude, ChatGPT va Cursor özbek tilidagi tekşirilgan bilimdan töğridan-töğri foydalanadi.
Qaror Manbaa — ensiklopediya, gazeta emas: bu yerda faqat vaqt ötsa ham qiymatini yöqotmaydigan bilim turadi — qayta-qayta murojaat qilinadigan manba. Bugun öqib ertaga unutiladigan ma'lumot kirmaydi.
Qadam Yangi alifbo
Sayt davlat alifbosiga (ş, ç, ö, ğ) ötdi; öquvçi xohlasa — eski lotin yoki kirillda öqiydi.
Raqam ÖzME'dan 35 745 ta maqola
Özbekiston Milliy Ensiklopediyasi (2000–2005) töliq matni bilan — har maqolada manba va ziyouz.com havolasi.
Qadam ÖzME matnini baholaş
Özbekiston Milliy Ensiklopediyasi maqolasi mavzu içida töliq matni bilan oçiladi va unga alohida baho beriladi — ensiklopediya ham insonlar bahosidan ötadi.
Har yangilaniş batafsil — «Nima yangi»da. Taklifingiz bölsa — yozing.