Asosiy mazmunga ötiş

Nima yangi v1.6.4 · 25-oktabr

Hamma versiyalar →
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Abduali Ğaniyev

    Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 14-b. — ziyouz.com

    Ğaniyev Abduali (1931.21.12 - Toşkent — 1999.8.10) — kimyogar olim. Özbekiston FA akad. (1995), kimyo fanlari d-ri (1974), prof. (1977). Örta Osiyo un-tini tugatgan (1953). Özbekiston FA Yadro fizikasi in-tida lab. mudiri (1958 y.dan). Ilmiy işlari neytron aktivatsiyasi va ekstraksiyasi usullarini qöllab nodir metallarning mikrokonsentratsiyasini aniqlaşga oid. Ğ. Rahbarligida aktivatsion analizning radiokimyoviy uslublari, platinoidlar, oltin va kumuşni jelatina hosil. qiluvçi, jumladan tio va ditiofosfat kislotalar hamda mahalliy xom aşyodan tayyorlangan reagentlar yordamida ekstratsion konsentrlaş va ajratiş usullari işlab çiqilgan. Beruniy nomidagi Özbekiston Davlat mukofoti laureati (1982).

    As: Metodm aktivatsionnogo analiza blagorodnnx i redkix metallov, T., 1977; Zako-nomernost transvliyaniya v kompleksnnx soyedineniyax kobalta, T., 1998.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ҒАНИЕВ Абдуали (1931.21.12 - Тошкент — 1999.8.10) — кимёгар олим. Ўзбекистон ФА акад. (1995), кимё фанлари д-ри (1974), проф. (1977). Ўрта Осиё ун-тини тугатган (1953). Ўзбекистон ФА Ядро физикаси ин-тида лаб. мудири (1958 й.дан). Илмий ишлари нейтрон активацияси ва экстракцияси усулларини қўллаб нодир металларнинг микроконцентрациясини аниқлашга оид. Ғ. Раҳбарлигида активацион анализнинг радиокимёвий услублари, платиноидлар, олтин ва кумушни желатина ҳосил. қилувчи, жумладан тио ва дитиофосфат кислоталар ҳамда маҳаллий хом ашёдан тайёрланган реагентлар ёрдамида экстрацион концентрлаш ва ажратиш усуллари ишлаб чиқилган. Беруний номидаги Ўзбекистон Давлат мукофоти лауреати (1982).

    Ас: Методм активационного анализа благородннх и редких металлов, Т., 1977; Зако-номерность трансвлияния в комплексннх соединениях кобальта, Т., 1998.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.