Abduğani Abdumalikoviç Abduqayumov
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 46–47-b. — ziyouz.com
Abduqayumov Abduğani Abdumalikoviç (1928.27.7, Toşkent) — dirijyor, Özbekiston xalq artisti (1974), Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan san'at arbobi (1981). Toşkent konservatoriyasining simfoniya-dirijyorlik bölimini tugatib (1955), Navoiy nomli teatrda dirijyor. 1960 y.dan Toşkent konservatoriyasining opera san'ati kafedrasida öqituvçi, 1985 y.dan prof., 1986 y.dan kafedra mudiri. Repertuaridan çet el, rus, qardoş xalqlar kompozitorlari va, asosan, Özbekiston kompozitorlarining operalari örin olgan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АБДУҚАЮМОВ Абдуғани Абдумаликович (1928.27.7, Тошкент) — дирижёр, Ўзбекистон халқ артисти (1974), Қорақалпоғистонда хизмат кўрсатган санъат арбоби (1981). Тошкент консерваториясининг симфония-дирижёрлик бўлимини тугатиб (1955), Навоий номли театрда дирижёр. 1960 й.дан Тошкент консерваториясининг опера санъати кафедрасида ўқитувчи, 1985 й.дан проф., 1986 й.дан кафедра мудири. Репертуаридан чет эл, рус, қардош халқлар композиторлари ва, асосан, Ўзбекистон композиторларининг опералари ўрин олган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.