Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Abdulhay

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 38-b. — ziyouz.com

    Abdulhay (14—15- a.lar) — miniatyuraçi rassom. 1396 y.da Amir Temur uni Bağdoddan Samarqandga çaqirib olgan va saroydagi badiiy ustaxonalarning boşliği qilib tayinlagan. Bizgaça san'atkor asarlarining juda oz qismi yetib kelgan. Berlindagi antiqalar orasida mavjud bölgan «Saroy» albomida rassomning ikki miniatyurasi («Ördak», «Jang manzarasi»), Istanbuldagi Töpqopu saroyida A.ning imzosi bölgan ikki asari saqlanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АБДУЛҲАЙ (14—15- а.лар) — миниатюрачи рассом. 1396 й.да Амир Темур уни Бағдоддан Самарқандга чақириб олган ва саройдаги бадиий устахоналарнинг бошлиғи қилиб тайинлаган. Бизгача санъаткор асарларининг жуда оз қисми етиб келган. Берлиндаги антиқалар орасида мавжуд бўлган «Сарой» альбомида рассомнинг икки миниатюраси («Ўрдак», «Жанг манзараси»), Истанбулдаги Тўпқопу саройида А.нинг имзоси бўлган икки асари сақланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.