Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Abdullaxon

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 32-b. — ziyouz.com

    Abdullaxon (17-a.) - Şarqiy Turkiston xoni (1638 —70). 1638 y. Yorkend taxtiga ötirgan. A.ning xonlik davri qirğiz va qalmoqlarga qarşi uruşlar va özaro nizolarni bostiriş b-n ötgan. Özaro kuraş natijasida A. yurtini taşlab, Makkaga ketişga majbur bölgan. Makkadan kaytişida Hindistonda vafot etgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АБДУЛЛАХОН (17-а.) - Шарқий Туркистон хони (1638 —70). 1638 й. Ёркенд тахтига ўтирган. А.нинг хонлик даври қирғиз ва қалмоқларга қарши урушлар ва ўзаро низоларни бостириш б-н ўтган. Ўзаро кураш натижасида А. юртини ташлаб, Маккага кетишга мажбур бўлган. Маккадан кайтишида Ҳиндистонда вафот этган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.