Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Abdurasulov Mamajon

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 41-b. — ziyouz.com

    Abdurasulov Mamajon (1927, Şahrixon tumani Naynovo qişloği) — Xalq öqituvçisi (1981). Farğona pedagogika in-tining boşlanğiç ta'lim metodikasi f-tini tamomlagan (1963). 1950 y.dan Andijon viloyatining Şahrixon tumanidagi 41- maktabda boşlanğiç sinf öqituvçisi bölib işlagan. 40 y.dan ortiq mehnat faoliyati davrida uning bolalarni rağbatlantiriş orqali ta'lim-tarbiyani yuqori saviyaga kötariş usuli Özbekiston va b. mamlakatlarda keng ommalaştirilgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АБДУРАСУЛОВ Мамажон (1927, Шаҳрихон тумани Найново қишлоғи) — Халқ ўқитувчиси (1981). Фарғона педагогика ин-тининг бошланғич таълим методикаси ф-тини тамомлаган (1963). 1950 й.дан Андижон вилоятининг Шаҳрихон туманидаги 41- мактабда бошланғич синф ўқитувчиси бўлиб ишлаган. 40 й.дан ортиқ меҳнат фаолияти даврида унинг болаларни рағбатлантириш орқали таълим-тарбияни юқори савияга кўтариш усули Ўзбекистон ва б. мамлакатларда кенг оммалаштирилган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.