Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Abdurazzoq Abdurahmonov

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 44-b. — ziyouz.com

    Abdurahmonov Abdurazzoq (1874, Qöqon — 1938, Toşkent) — yoğoç uymakori; otasi usta Abdurahmondan hunar örgangan. Islimiy naqşlar ustasi sifatida şuhrat qozongan. U yoğoçga öygan naqşlar qöşimça bezak (pardoz) larga boyligi b-n diqqatga sazovor. A. asosan me'morlikka oid öymakorlik sohasida işlagan. 1934 y.da Toşkentdagi Xalq xöjaligi muzeyi (hoz. Badiiy körgazmalar direksiyasi)ning ikki tabaqali katta eşigini öyib naqşlagan. Köplab şogirdlar (jumladan, M. Qosimov va b.) tayyorlagan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АБДУРАҲМОНОВ Абдураззоқ (1874, Қўқон — 1938, Тошкент) — ёғоч уймакори; отаси уста Абдураҳмондан ҳунар ўрганган. Ислимий нақшлар устаси сифатида шуҳрат қозонган. У ёғочга ўйган нақшлар қўшимча безак (пардоз) ларга бойлиги б-н диққатга сазовор. А. асосан меъморликка оид ўймакорлик соҳасида ишлаган. 1934 й.да Тошкентдаги Халқ хўжалиги музейи (ҳоз. Бадиий кўргазмалар дирекцияси)нинг икки табақали катта эшигини ўйиб нақшлаган. Кўплаб шогирдлар (жумладан, М. Қосимов ва б.) тайёрлаган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.