Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Abortiv infeksiya

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 55-b. — ziyouz.com

    Abortiv infeksiya — 1) (tibbiyotda) yuqumli kasallikning röyrost yuzaga çiqmay, qisqa vaqt davom etişi; 2) (mikrobiologiyada) bakteriya hujayrasiga bakteriofag yuqtirilgaç, fag zarralarining köpaymasligi, bakteriyaning erib ketmasligi. Bakteriyalar hujayrasini turli moddalar b-n dorilaş, oç qoldiriş, kalsiy ionlarining bölmasligi ularda fagning köpayişiga tösqinlik qila oladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АБОРТИВ ИНФЕКЦИЯ — 1) (тиббиётда) юқумли касалликнинг рўйрост юзага чиқмай, қисқа вақт давом этиши; 2) (микробиологияда) бактерия ҳужайрасига бактериофаг юқтирилгач, фаг зарраларининг кўпаймаслиги, бактериянинг эриб кетмаслиги. Бактериялар ҳужайрасини турли моддалар б-н дорилаш, оч қолдириш, кальций ионларининг бўлмаслиги уларда фагнинг кўпайишига тўсқинлик қила олади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.