Abrazion terrasa
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 56-b. — ziyouz.com
Abrazion terrasa - abraziya natijasida hosil bölgan dengiz tubining sohil qismi. A.t.ning köndalang kesimi qavariq egri çiziqdan iborat bölib, qirğoqda qiyaligi kam. Qadimgi A.t. kömilgan (suv ostida qolgan) yoki dengiz sathidan kötarilgan böladi. Bir neça kötarilgan A.t. majmui terrasalangan tekisliklarni hosil qiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АБРАЗИОН ТЕРРАСА - абразия натижасида ҳосил бўлган денгиз тубининг соҳил қисми. А.т.нинг кўндаланг кесими қавариқ эгри чизиқдан иборат бўлиб, қирғоқда қиялиги кам. Қадимги А.т. кўмилган (сув остида қолган) ёки денгиз сатҳидан кўтарилган бўлади. Бир неча кўтарилган А.т. мажмуи террасаланган текисликларни ҳосил қилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.