Aççiqöt
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 829-b. — ziyouz.com
Aççiqöt (Chrorophora sabulosa) — sutlamadoşlar oilasiga mansub, böyi 8 — 15 sm, keng şox-şabbali bir yillik öt. Barglari tuxumsimon yoki tögarak, böyi 2,3 — 3, eni 1,6 — 2,8 sm. Mevasi (kösagi)ning böyi 4 — 4,5, eni 5 — 6,5 mm. Uruği silliq, böyi 3 — 3,5, eni 2 — 2,3 mm. Apr.—iyulda gullaydi va meva beradi. A. Örta Osiyoda va Orol böyi tekisliklarida ösadi. Toşkent, Farğona, Samarqand, Qaşqadaryo viloyatlari hamda Qoraqalpoğistondagi qum uyumlarida tarqalgan. A.dan surgi sifatida foydalaniladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АЧЧИҚЎТ (Chrorophora sabulosa) — сутламадошлар оиласига мансуб, бўйи 8 — 15 см, кенг шох-шаббали бир йиллик ўт. Барглари тухумсимон ёки тўгарак, бўйи 2,3 — 3, эни 1,6 — 2,8 см. Меваси (кўсаги)нинг бўйи 4 — 4,5, эни 5 — 6,5 мм. Уруғи силлиқ, бўйи 3 — 3,5, эни 2 — 2,3 мм. Апр.—июлда гуллайди ва мева беради. А. Ўрта Осиёда ва Орол бўйи текисликларида ўсади. Тошкент, Фарғона, Самарқанд, Қашқадарё вилоятлари ҳамда Қорақалпоғистондаги қум уюмларида тарқалган. А.дан сурги сифатида фойдаланилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.