Adenozintrifosfat kislota
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 191-b. — ziyouz.com
Adenozintrifosfat kislota ADENOZINTRIFOSFAT KISLOTA, ATF — adenin, riboza va uç molekula fosfat kislotadan tarkib topgan organik modda. A.k. organizm xujayralarida doimo sintezlanib va iste'mol qilinib turadi. A.k. özining pirofosfat boğlarida köp energiya saqlaydi (makroergik boğlar). U xujayra mitoxondriya moddalarning aerob va anaerob oksidlanişi natijasida ajralib çiqqan energiyani fosforlaş yöli b-n makroergik fosfat boğlari şaklida töplaydi va organizmning energiyaga ehtiyoji bölgan hamma jarayonlarini energiya b-n ta'minlaydi. A.k. parçalanişi natijasida 8— 11 kkal/mol energiya ajralib çiqadi. U muskullardan, açitqidan olinadi, sintetik usulda ham tayyorlanadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АДЕНОЗИНТРИФОСФАТ КИСЛОТА, АТФ — аденин, рибоза ва уч молекула фосфат кислотадан таркиб топган органик модда. А.к. организм хужайраларида доимо синтезланиб ва истеъмол қилиниб туради. А.к. ўзининг пирофосфат боғларида кўп энергия сақлайди (макроэргик боғлар). У хужайра митохондрия моддаларнинг аэроб ва анаэроб оксидланиши натижасида ажралиб чиққан энергияни фосфорлаш йўли б-н макроэргик фосфат боғлари шаклида тўплайди ва организмнинг энергияга эҳтиёжи бўлган ҳамма жараёнларини энергия б-н таъминлайди. А.к. парчаланиши натижасида 8— 11 ккал/мол энергия ажралиб чиқади. У мускуллардан, ачитқидан олинади, синтетик усулда ҳам тайёрланади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.