Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Adolf Bayer

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 30-b. — ziyouz.com

    Bayer Adolf (1835.31.10, Berlin -1917.20.8, Ştarnberg) — nemis kimyogari. Peterburg FAning xorijiy muxbir a'zosi (1892). Böyeqlar va atsiklik birikmalar sintezi asosçilaridan biri. 1883 y.da indigoni töliq sintez qilib, uning tuzilişini aniqladi. Sistransizomeriya tuşunçasini amaliyotga tadbiq etdi. Pirrol va piridin asoslarini, siydik kislota guruhi birikmalarini örgandi, kondensatsiya reaksiyalarini tadqiq qildi. B.ning atsetilen, aromatik va alitsiklik uglevodorodlar sohasidagi tadqiqotlari kuçlanişlar nazariyasining kaşf etilişiga olib keldi. Nobel mukofoti laureati (1905).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БАЙЕР Адольф (1835.31.10, Берлин -1917.20.8, Штарнберг) — немис кимёгари. Петербург ФАнинг хорижий мухбир аъзоси (1892). Бўеқлар ва ациклик бирикмалар синтези асосчиларидан бири. 1883 й.да индигони тўлиқ синтез қилиб, унинг тузилишини аниқлади. Цистрансизомерия тушунчасини амалиётга тадбиқ этди. Пиррол ва пиридин асосларини, сийдик кислота гуруҳи бирикмаларини ўрганди, конденсация реакцияларини тадқиқ қилди. Б.нинг ацетилен, ароматик ва алициклик углеводородлар соҳасидаги тадқиқотлари кучланишлар назариясининг кашф этилишига олиб келди. Нобель мукофоти лауреати (1905).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.