Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Adulyadet Pumipon

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 444-b. — ziyouz.com

    Pumipon Adulyadet (Buyuk Rama IX) (Bhumibol Adulyadej) (Rama IX) (1927.5.12, AQŞning Kembrij ş.) -Tailand davlat arbobi. Lozanna va Bangkok un-tlarida öqigan. 1946 y. 9 iyunda akasi, qirol Rama VIII (Anand Maxi-dol) ning vafotidan söng taxt egasi. 1950 y. 5 mayda Tailand Qirolligi qiroli Rama IX sifatida rasman taxtga ötirgan. 1987 y, unga Buyuk unvoni berilgan. Bir qança xayriya jamğarmalari asosçisi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ПУМИПОН Адульядет (Буюк Рама IX) (Bhumibol Adulyadej) (Rama IX) (1927.5.12, АҚШнинг Кембриж ш.) -Таиланд давлат арбоби. Лозанна ва Бангкок ун-тларида ўқиган. 1946 й. 9 июнда акаси, қирол Рама VIII (Ананд Махи-дол) нинг вафотидан сўнг тахт эгаси. 1950 й. 5 майда Таиланд Қироллиги қироли Рама IX сифатида расман тахтга ўтирган. 1987 й, унга Буюк унвони берилган. Бир қанча хайрия жамғармалари асосчиси.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.