Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Aerodrom

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 843-b. — ziyouz.com

    Aerodrom (aero... va yun. dromos — yuguriş joyi) — samolyotlarning uçişi va qönişi uçun möljallangan, ularni joylaştiriş va ularga texnik xizmat körsatişni ta'minlaydigan inşootlar va jihozlar majmui. Fuqaro va harbiy, doimiy va muvaqqat A.lar böladi. Samolyotlarning turlari, hududlarning katta-kiçikligi, A. töşamasining kötariş imkoni va b. belgilarga qarab sinflarga bölinadi. Vazifasiga qarab A.ning transport, z-d, öquv-maşq, klub-sport va b. xillari bor. Transport A.i aeroport singari jihozlanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АЭРОДРОМ (аэро... ва юн. dromos — югуриш жойи) — самолётларнинг учиши ва қўниши учун мўлжалланган, уларни жойлаштириш ва уларга техник хизмат кўрсатишни таъминлайдиган иншоотлар ва жиҳозлар мажмуи. Фуқаро ва ҳарбий, доимий ва муваққат А.лар бўлади. Самолётларнинг турлари, ҳудудларнинг катта-кичиклиги, А. тўшамасининг кўтариш имкони ва б. белгиларга қараб синфларга бўлинади. Вазифасига қараб А.нинг транспорт, з-д, ўқув-машқ, клуб-спорт ва б. хиллари бор. Транспорт А.и аэропорт сингари жиҳозланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.