Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Aeroport

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 847-b. — ziyouz.com

    Aeroport (aero... va port) — yölovçilar, kj, poçtani havo transporta vositalarida muntazam taşişni ta'minlovçi binolar, inşootlar (aerodrom b-n birga) va jihozlar majmui. Xalqaro va mahalliy A.ga bölinadi. A. tarkibiga aerovokzal, poçta bölimlari, yuk ortiş-tuşiriş işlarini mexanizatsiyalaş jihozlari bölgan ombor, ustaxonalar, angar, moddiy-texnika jihozlari, yonilği quyiş vositalari va b. saqlanadigan omborlar kiradi. A. radiolokatorlar, avtomatik radiotexnika vositalari, yoruğlik signali tizimlari, navigatsiya qurilmalari va b. b-n jihozlangan böladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АЭРОПОРТ (аэро... ва порт) — йўловчилар, кж, почтани ҳаво транспорта воситаларида мунтазам ташишни таъминловчи бинолар, иншоотлар (аэродром б-н бирга) ва жиҳозлар мажмуи. Халқаро ва маҳаллий А.га бўлинади. А. таркибига аэровокзал, почта бўлимлари, юк ортиш-тушириш ишларини механизациялаш жиҳозлари бўлган омбор, устахоналар, ангар, моддий-техника жиҳозлари, ёнилғи қуйиш воситалари ва б. сақланадиган омборлар киради. А. радиолокаторлар, автоматик радиотехника воситалари, ёруғлик сигнали тизимлари, навигация қурилмалари ва б. б-н жиҳозланган бўлади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.