Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Aerozolterapiya

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 844-b. — ziyouz.com

    Aerozolterapiya - biologik faol kukun dorilarni aerozol holida, ya'ni maxsus purkagiç yordamida kuçli havo oqimi b-n purkab, nafas oldirib davolaş; asosan bemorning nafas yöllariga, organizmning turli böşliqlariga yoki tananing şikastlangan joylariga purkaladi. Bunda nafas yöllarida dori yetarli konsentratsiyada töplanadi. Nafas a'zolari kasalliklari (surunkali bronxit, bronxoektaziya, öpka, şuningdek bronx sili va b.)da qöllaniladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АЭРОЗОЛЬТЕРАПИЯ - биологик фаол кукун дориларни аэрозоль ҳолида, яъни махсус пуркагич ёрдамида кучли ҳаво оқими б-н пуркаб, нафас олдириб даволаш; асосан беморнинг нафас йўлларига, организмнинг турли бўшлиқларига ёки тананинг шикастланган жойларига пуркалади. Бунда нафас йўлларида дори етарли концентрацияда тўпланади. Нафас аъзолари касалликлари (сурункали бронхит, бронхоэктазия, ўпка, шунингдек бронх сили ва б.)да қўлланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.