Afrika öyinlari
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 792-b. — ziyouz.com
Afrika öyinlari - Xalqaro Olimpiya qömitasi şafeligidagi yirik mintaqaviy sport musobaqalari. 1965 y.dan Afrika sporti Oliy kengaşi (KSSA; 1965 y. Afrika sporti Doimiy kumitasi örniga tuzilgan) tomonidan ötkazib kelinadi. Bu Oliy kengaşga 50 ga yaqin mamlakat a'zo (1989). A.ö. dasturida basketbol, boks, kuraş, velosport, voleybol, qöl töpi, dzyudo, yengil atletika, suvda suziş, futbol va sportning boşqa turlari bor.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АФРИКА ЎЙИНЛАРИ - Халқаро Олимпия қўмитаси шафелигидаги йирик минтақавий спорт мусобақалари. 1965 й.дан Африка спорти Олий кенгаши (КССА; 1965 й. Африка спорти Доимий кумитаси ўрнига тузилган) томонидан ўтказиб келинади. Бу Олий кенгашга 50 га яқин мамлакат аъзо (1989). А.ў. дастурида баскетбол, бокс, кураш, велоспорт, волейбол, қўл тўпи, дзюдо, енгил атлетика, сувда сузиш, футбол ва спортнинг бошқа турлари бор.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.