Agar-agar
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 147-b. — ziyouz.com
Agar-agar — ayrim dengizlarning qizil va qönğir rangli ösimliklaridan alohida usulda qaynatib olinadigan şilimşiq modda. Tarkibida 50 — 80% gaça agaroza böladi. Agaroza b-n birga A.-A. tarkibiga nordon polisaxarid fraksiya — «agaropektin» ham kiradi. A.-A. sovuq suvda deyarli erimaydi, qaynoq suvda yaxşi eriydi. 0,5 — 1,5% li suvli eritmalari 32 — 39° gaça sovitilganda 85° da eruvçi mustahkam gellar hosil qiladi. A.-A. mikrobiologiyada mikroorganizmlarni östiriş uçun oziqli muhit sifatida, şuningdek oziq-ovqat, qandolatçilik sanoatida, dori tayyorlaşda va b. sohalarda işlatiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АГАР-АГАР — айрим денгизларнинг қизил ва қўнғир рангли ўсимликларидан алоҳида усулда қайнатиб олинадиган шилимшиқ модда. Таркибида 50 — 80% гача агароза бўлади. Агароза б-н бирга А.-А. таркибига нордон полисахарид фракция — «агаропектин» ҳам киради. А.-А. совуқ сувда деярли эримайди, қайноқ сувда яхши эрийди. 0,5 — 1,5% ли сувли эритмалари 32 — 39° гача совитилганда 85° да эрувчи мустаҳкам геллар ҳосил қилади. А.-А. микробиологияда микроорганизмларни ўстириш учун озиқли муҳит сифатида, шунингдек озиқ-овқат, қандолатчилик саноатида, дори тайёрлашда ва б. соҳаларда ишлатилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.