Ager publikus
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 148-b. — ziyouz.com
Ager publikus (lot. Ager publicus — jamoat yeri) — qad. Rimdagi davlat yer jamgarmasi; rimliklar tomonidan böysundirilgan joylardagi yerlar. Undan foydalanişning turli usullari bölgan; köp qismini patritsiylar egallab olib, öz xususiy mulkiga aylantirgan. Llebeylariyant patritsiylarga qarşi kuraşining birdan-bir sababi ham A.p.ni qayta böliş va undan foydalaniş masalasi edi. Bunday kuraş bir qança agrar qonunlar (mas, Litsiniy Sekstiy va Grakxlar qonunlari)ni vujudga keltirdi. Imperiya davrida jamoa yerlari qolmadi, viloyatdagi hamma yerlar davlat hisobiga ötdi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АГЕР ПУБЛИКУС (лот. Ager publicus — жамоат ери) — қад. Римдаги давлат ер жамгармаси; римликлар томонидан бўйсундирилган жойлардаги ерлар. Ундан фойдаланишнинг турли усуллари бўлган; кўп қисмини патрицийлар эгаллаб олиб, ўз хусусий мулкига айлантирган. Ллебейлариянт патрицийларга қарши курашининг бирдан-бир сабаби ҳам А.п.ни қайта бўлиш ва ундан фойдаланиш масаласи эди. Бундай кураш бир қанча аграр қонунлар (мас, Лициний Секстий ва Гракхлар қонунлари)ни вужудга келтирди. Империя даврида жамоа ерлари қолмади, вилоятдаги ҳамма ерлар давлат ҳисобига ўтди.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.