Agonistiklar
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 151-b. — ziyouz.com
Agonistiklar (yun. birligi -agonistikas — kuraşçan), sirkum-sellionlar — 4 — 5-a.larda Şim. Afrikadagi xristianlar sektasi. Asosiy qismini dehqonlar taşkil qilgan, dunyoviy işlardan kul uziş, ijtimoiy tengsizlikka qarşi norozilik, rasmiy çerkovga nisbatan murosasizlik, asketizm va öz-öziga azob berişni tarğib qiliş A.ga xos xususiyatlardir. A. xususan Numidiyada 340 y.ga yaqin kolonlar, qişloq kambağallari va qullarning qözğolonlariga rahbarlik qilgan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АГОНИСТИКЛАР (юн. бирлиги -agonistikas — курашчан), циркум-целлионлар — 4 — 5-а.ларда Шим. Африкадаги христианлар сектаси. Асосий қисмини деҳқонлар ташкил қилган, дунёвий ишлардан кул узиш, ижтимоий тенгсизликка қарши норозилик, расмий черковга нисбатан муросасизлик, аскетизм ва ўз-ўзига азоб беришни тарғиб қилиш А.га хос хусусиятлардир. А. хусусан Нумидияда 340 й.га яқин колонлар, қишлоқ камбағаллари ва қулларнинг қўзғолонларига раҳбарлик қилган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.