Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Agranulotsitlar

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 151-b. — ziyouz.com

    Agranulotsitlar (yun. a - inkor qöşimçasi va granulotsitlar) — sitoplazmasida maxsus donaçalar saqlamaydigan oq qon tanaçalari (leykotsitlar). Limfotsitlar va monotsitlarga bölinadi. Soğlom odam qonida limfotsitlar oq qon tanaçalarining 20 - 30% ini, monotsitlar esa 6 — 8% ini taşkil qiladi (yana q. Monotsitlar, Limfotsitlar).

    Q.: Limfotsitlar, Monotsitlar

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АГРАНУЛОЦИТЛАР (юн. а - инкор қўшимчаси ва гранулоцитлар) — цитоплазмасида махсус доначалар сақламайдиган оқ қон таначалари (лейкоцитлар). Лимфоцитлар ва моноцитларга бўлинади. Соғлом одам қонида лимфоцитлар оқ қон таначаларининг 20 - 30% ини, моноцитлар эса 6 — 8% ини ташкил қилади (яна қ. Моноцитлар, Лимфоцитлар).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.