Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Ahmadşoh

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 865-b. — ziyouz.com

    Ahmadşoh (1897 - 1930) - Eronda hukm surgan qojorlar sulolasining sönggi şohi (1909 — 25). Eron siyosiy hayotida sezilarli rol öynamagan. Harbiy vazir Rizoxon uni davlat işlaridan çetlatib qöygani tufayli, köp vaqtini çet elda ötkazdi. Taxtdan tuşirilgaç (1925 y. okt.), qojorlar sulolasi örniga pahlaviylar sulolasi hokimiyat tepasiga keldi. A. Fransiyada vafot etgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АҲМАДШОҲ (1897 - 1930) - Эронда ҳукм сурган қожорлар сулоласининг сўнгги шоҳи (1909 — 25). Эрон сиёсий ҳаётида сезиларли роль ўйнамаган. Ҳарбий вазир Ризохон уни давлат ишларидан четлатиб қўйгани туфайли, кўп вақтини чет элда ўтказди. Тахтдан туширилгач (1925 й. окт.), қожорлар сулоласи ўрнига паҳлавийлар сулоласи ҳокимият тепасига келди. А. Францияда вафот этган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.