Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Ajio

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 208–209-b. — ziyouz.com

    Ajio (ital. aggio), laj — 1) qimmatbaho qoğozlar, pul belgilari, veksellar birja kursining öz nominal qiymatidan ortişi. A., odatda, nominalga nisbatan foizlarda hisoblanadi. Kursning nominal qiymatga nisbatan pasayişi esa dizajio deyiladi; 2) qadri past qoğoz pulni tangalarga yoki qadri baland valyutaga almaştirişda undiriladigan komission haq; 3) obligatsiyalarni öz nominalidan yuqoriroq kurs böyiça qay-tarib olinişi natijasida ularning narxiga qöşiladigan ustama.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АЖИО (итал. aggio), лаж — 1) қимматбаҳо қоғозлар, пул белгилари, векселлар биржа курсининг ўз номинал қийматидан ортиши. А., одатда, номиналга нисбатан фоизларда ҳисобланади. Курснинг номинал қийматга нисбатан пасайиши эса дизажио дейилади; 2) қадри паст қоғоз пулни тангаларга ёки қадри баланд валютага алмаштиришда ундириладиган комиссион ҳақ; 3) облигацияларни ўз номиналидан юқорироқ курс бўйича қай-тариб олиниши натижасида уларнинг нархига қўшиладиган устама.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.