Akmal Abduazimoviç Azizxöjayev
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 214-b. — ziyouz.com
Azizxöjayev Akmal Abduazimoviç (1936.8.11, Toşkent) — futbolçi, sport ustasi (1966), Özbekistonda xizmat körsatgan sport ustozi (1992). 1954 y.dan «Spartak» futbol jamoasida öynagan. «Paxtakor» jamoasi sardori va himoyaçisi (1960—65 y.lar). Buxoroning «Fakel» (1966) hamda Nukusning «Amudaryo» (1983) jamoalarida boş murabbiy. 1996 y.dan respublika oliy futbol maktabining direktori. Uning murabbiyligidagi Özbekiston ösmirlar futbol terma jamoasi Osiyo çempionati musobaqalarida iştirok etib (1994) Örta Osiyo respublikalari orasida ğolib çiqqan va final uçraşuvlarda qatnaşgan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АЗИЗХЎЖАЕВ Акмал Абдуазимович (1936.8.11, Тошкент) — футболчи, спорт устаси (1966), Ўзбекистонда хизмат кўрсатган спорт устози (1992). 1954 й.дан «Спартак» футбол жамоасида ўйнаган. «Пахтакор» жамоаси сардори ва ҳимоячиси (1960—65 й.лар). Бухоронинг «Факел» (1966) ҳамда Нукуснинг «Амударё» (1983) жамоаларида бош мураббий. 1996 й.дан республика олий футбол мактабининг директори. Унинг мураббийлигидаги Ўзбекистон ўсмирлар футбол терма жамоаси Осиё чемпионати мусобақаларида иштирок этиб (1994) Ўрта Осиё республикалари орасида ғолиб чиққан ва финал учрашувларда қатнашган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.