Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Akridin

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 267-b. — ziyouz.com

    Akridin (dibenzopiridin), oç sariq rangli ignasimon kristallar. Qaynaş t-rasi 346°. Organik erituvçilarda yaxşi eriydi, suvda erimaydi. Eritmalari havo rang tusda fluoressensiyalanadi. A. toşkömir smolasida uçraydi. Kuçli mineral kislotalar b-n tuzlar hosil qiladi. Kimyoviy barqaror, 280° gaça konsentrlangan xlorid kislota va öyuvçi kaliy iştirokvda qizdirilganda ham özgarmaydi. Uning ba'zi hosilalari qimmatbaho böyoq, ayrimlari (akrixin, rivanol) esa biologik moddalardir.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АКРИДИН (дибензопиридин), оч сариқ рангли игнасимон кристаллар. Қайнаш т-раси 346°. Органик эритувчиларда яхши эрийди, сувда эримайди. Эритмалари ҳаво ранг тусда флуоресценцияланади. А. тошкўмир смоласида учрайди. Кучли минерал кислоталар б-н тузлар ҳосил қилади. Кимёвий барқарор, 280° гача концентрланган хлорид кислота ва ўювчи калий иштироквда қиздирилганда ҳам ўзгармайди. Унинг баъзи ҳосилалари қимматбаҳо бўёқ, айримлари (акрихин, риванол) эса биологик моддалардир.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.