Aks ettiriş
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 270-b. — ziyouz.com
Aks ettiriş — mat. tuşunçalaridan biri. Ikki ixtiyoriy X va Y töplam hamda biror qonun (qoida) berilgan bölib, bu qonunga binoan X ning har bir x elementiga Y ning aniq bir u elementi mos qöyiladi. Bu holda X töplam Y töplamga aks ettirilgan deyilib, quyidagiça belgilanadi: f:x—>y yoki X da aniqlangan va qiymatlari sohasi U bölgan u - f(x) operator berilgan deyiladi. Moslik örnatiladigan qonun analitik, grafik, jadval va h.k. tarzida berilişi mumkin.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АКС ЭТТИРИШ — мат. тушунчаларидан бири. Икки ихтиёрий X ва Y тўплам ҳамда бирор қонун (қоида) берилган бўлиб, бу қонунга биноан X нинг ҳар бир х элементига Y нинг аниқ бир у элементи мос қўйилади. Бу ҳолда X тўплам Y тўпламга акс эттирилган дейилиб, қуйидагича белгиланади: f:x—>y ёки X да аниқланган ва қийматлари соҳаси У бўлган у - f(x) оператор берилган дейилади. Мослик ўрнатиладиган қонун аналитик, график, жадвал ва ҳ.к. тарзида берилиши мумкин.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.