Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Akseptor aralaşma

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 285-b. — ziyouz.com

    Akseptor aralaşma - yarimötkazgiç kristali tarkibidagi atomlari akseptor bölgan begona kimyoviy element. Bor, alyuminiy, galliy, indiy elementlarining atomlari yarimötkazgiçlar — germaniy va kremniy kristallari tarkibida iştirok qilganda A.a. hosil bölib, yarimötkazgiçlarning xossalari özgaradi. A.a.ni belgilovçi muhim fizik kattaliklardan biri ularning ionlaniş energiyasidir (q. Yarimötkazgiçlar).

    Q.: Yarimötkazgiçlar

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АКЦЕПТОР АРАЛАШМА - яримўтказгич кристали таркибидаги атомлари акцептор бўлган бегона кимёвий элемент. Бор, алюминий, галлий, индий элементларининг атомлари яримўтказгичлар — германий ва кремний кристаллари таркибида иштирок қилганда А.а. ҳосил бўлиб, яримўтказгичларнинг хоссалари ўзгаради. А.а.ни белгиловчи муҳим физик катталиклардан бири уларнинг ионланиш энергиясидир (қ. Яримўтказгичлар).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.