Aksidensiya
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 285-b. — ziyouz.com
Aksidensiya (lot. accidentia — tasodif) — biror narsaning tasodifiy, özgaruvçan, muhim bölmagan, ötkinçi xossasi. Substansiyagya qarama-qarşi. A. termini birinçi marta Aristotelning «Metafizika» va «Fizika» asarlarida işlatilgan. Örta asr sxolastikasida, 17—18- a. falsafasida köp qöllanilgan va şarq falsafasida al-oraz deb işlatilgan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АКЦИДЕНЦИЯ (лот. accidentia — тасодиф) — бирор нарсанинг тасодифий, ўзгарувчан, муҳим бўлмаган, ўткинчи хоссаси. Субстанциягя қарама-қарши. А. термини биринчи марта Аристотелнинг «Метафизика» ва «Физика» асарларида ишлатилган. Ўрта аср схоластикасида, 17—18- а. фалсафасида кўп қўлланилган ва шарқ фалсафасида ал-ораз деб ишлатилган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.