Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Aksiyador

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 286-b. — ziyouz.com

    Aksiyador — aksiyaning egasi, undan naf köruvçi yuridik yoki jismoniy şaxs. A. aksiyadorlik jamiyatining a'zosi, öz aksiyasini tasarruf eta oladi. A. ayrim fuqaro, firma, korxona, bank, turli investitsiya fondlari, davlat (hukumat) va jamoat taşkilotlari bölişi mumkin. Qölidagi aksiya miqdori va turiga qarab A.larning maqomi har xil böladi (ayrimlari faqat daromad olişi, ayrimlari korxona boşqaruvida iştirok etişi mumkin). A. aksiya çiqargan korxonaning hamkorlikdagi egasi hisoblanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АКЦИЯДОР — акциянинг эгаси, ундан наф кўрувчи юридик ёки жисмоний шахс. А. акциядорлик жамиятининг аъзоси, ўз акциясини тасарруф эта олади. А. айрим фуқаро, фирма, корхона, банк, турли инвестиция фондлари, давлат (ҳукумат) ва жамоат ташкилотлари бўлиши мумкин. Қўлидаги акция миқдори ва турига қараб А.ларнинг мақоми ҳар хил бўлади (айримлари фақат даромад олиши, айримлари корхона бошқарувида иштирок этиши мумкин). А. акция чиқарган корхонанинг ҳамкорликдаги эгаси ҳисобланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.