Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Aktiv

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 274-b. — ziyouz.com

    Aktiv (lot. activus — faol, ta'sirçan, işçan) — 1) buxgalteriya balansining çap qismi, korxonaning muayyan sanada va pul ifodasida barça vositalarini, ularning tarkibi va joylaşuvini (asosiy fondlar, aylanma vositalar, pul vositalari, kapital sarflar, qarzdorlik talabnomalari va b.) aks ettiradi; 2) korxona yoki taşkilotning mulki yoki resurslari (bino, maşina, nakd pul, qimmatbaho qoğozlar va b.). Pulga tez sotilişi (aylanişi) mumkin bölgan, bozori çaqqon A. (veksellar, qimmatbaho qoğozlar, oltin, nakd pul va b.) likvid A. deyiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АКТИВ (лот. activus — фаол, таъсирчан, ишчан) — 1) бухгалтерия балансининг чап қисми, корхонанинг муайян санада ва пул ифодасида барча воситаларини, уларнинг таркиби ва жойлашувини (асосий фондлар, айланма воситалар, пул воситалари, капитал сарфлар, қарздорлик талабномалари ва б.) акс эттиради; 2) корхона ёки ташкилотнинг мулки ёки ресурслари (бино, машина, накд пул, қимматбаҳо қоғозлар ва б.). Пулга тез сотилиши (айланиши) мумкин бўлган, бозори чаққон А. (векселлар, қимматбаҳо қоғозлар, олтин, накд пул ва б.) ликвид А. дейилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.