Aktyorlar uyi
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 272–273-b. — ziyouz.com
Aktyorlar uyi — teatr xodimlarining ijodiy klubi. 1966 y. taşkil etilgan. 1997 y.dan «Özbekteatr» ijodiy i.ç. birlaşmasi qoşida. A.u.da respublika sahna ustalari va yoş aktyorlarning ijodiy uçraşuvlari, hisobotlari muntazam ötkaziladi, xotira keçalari, ma'ruza va munozaralar, körgazma, körik va tanlovlar, oğzaki jurnallar uyuştiriladi, yangi filmlar namoyiş qilinadi. A.u. qoşida «Toşkent» teatr-studiyasi, «Özbekiston» xalq raqs ansambli, «Sin Sen» koreys folklor teatr-studiyasi va b. ijodiy jamoalar faoliyat körsatadi (1998).
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АКТЁРЛАР УЙИ — театр ходимларининг ижодий клуби. 1966 й. ташкил этилган. 1997 й.дан «Ўзбектеатр» ижодий и.ч. бирлашмаси қошида. А.у.да республика саҳна усталари ва ёш актёрларнинг ижодий учрашувлари, ҳисоботлари мунтазам ўтказилади, хотира кечалари, маъруза ва мунозаралар, кўргазма, кўрик ва танловлар, оғзаки журналлар уюштирилади, янги фильмлар намойиш қилинади. А.у. қошида «Тошкент» театр-студияси, «Ўзбекистон» халқ рақс ансамбли, «Цин Сен» корейс фольклор театр-студияси ва б. ижодий жамоалар фаолият кўрсатади (1998).
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.