Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Akvakultura

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 257-b. — ziyouz.com

    Akvakultura (lot. aqua - suv, cultura — yetiştiriş, parvariş qiliş) — suv havzalaridan unumli foydalaniş maqsadida suvda yaşaydigan organizmlar (baliqlar, mollyuskalar, qisqiçbaqasimonlar, suv ötlari)ni nazorat qilib turiladigan şaroitda yetiştiriş va parvariş qiliş. A. mahsuloti jahonda muntazam ösib boradi. Organizmlarni dengiz suvi yoki şör suvlarda yetiştiriş marikultura deb ataladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АКВАКУЛЬТУРА (лот. aqua - сув, cultura — етиштириш, парвариш қилиш) — сув ҳавзаларидан унумли фойдаланиш мақсадида сувда яшайдиган организмлар (балиқлар, моллюскалар, қисқичбақасимонлар, сув ўтлари)ни назорат қилиб туриладиган шароитда етиштириш ва парвариш қилиш. А. маҳсулоти жаҳонда мунтазам ўсиб боради. Организмларни денгиз суви ёки шўр сувларда етиштириш марикультура деб аталади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.