Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Alagoas

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 288-b. — ziyouz.com

    Alagoas — Braziliyaning şim.- şarqidagi ştat. San-Fransisku daryosi quyi oqimidan şim.roqda. Mayd. 27,7 ming km2. Aholisi 2420 ming kişidan ziyod. Ma'muriy markazi va asosiy porti — Maseyo ş. Katta maydonlarga şakarqamiş (sohil böyi tekisligida) va paxta (Braziliya toğligida) ekiladi. Oziq-ovqat va töqimaçilik sanoati korxonalari bor. San-Fransisku daryosidagi Paulu-Afonsu şarşarasi yonida katta GES qurilgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АЛАГОАС — Бразилиянинг шим.- шарқидаги штат. Сан-Франсиску дарёси қуйи оқимидан шим.роқда. Майд. 27,7 минг км2. Аҳолиси 2420 минг кишидан зиёд. Маъмурий маркази ва асосий порти — Масейо ш. Катта майдонларга шакарқамиш (соҳил бўйи текислигида) ва пахта (Бразилия тоғлигида) экилади. Озиқ-овқат ва тўқимачилик саноати корхоналари бор. Сан-Франсиску дарёсидаги Паулу-Афонсу шаршараси ёнида катта ГЭС қурилган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.