Alfol
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 369-b. — ziyouz.com
Alfol ALFOL, alyuminiy folgasi — juda yupqa (0,005—0,01 mm) alyuminiy zar qoğozi. Issiqlikni deyarli ötkazmaydi. 500° t-ragaça qizdirilganda öz xossalarini saqlab qoladi. Varaqlar (listlar) va öramlar körinişida işlab çiqariladi. Texnik maqsadlarda işlatiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АЛФОЛЬ, алюминий фольгаси — жуда юпқа (0,005—0,01 мм) алюминий зар қоғози. Иссиқликни деярли ўтказмайди. 500° т-рагача қиздирилганда ўз хоссаларини сақлаб қолади. Варақлар (листлар) ва ўрамлар кўринишида ишлаб чиқарилади. Техник мақсадларда ишлатилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.