Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Algebraik tenglama

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 304–305-b. — ziyouz.com

    Algebraik tenglama - çap tomoni noma'lumlardan tuzilgan köphaddan iborat bölgan tenglama. Noma'lum x ning tenglamani qanoatlantiradigan, ayniyatga aylantiradigan qiymatlari tenglamaning ildizlari yoki yeçimlari deyiladi. Algebraning asosiy masalalaridan biri A.t.ning ildizlarini topişdan iboratdir. 1, 2, 3 va 4darajali A.t. ildizlarini topiş formulalari ma'lum, darajasi 5 va undan ortiq bölgan tenglamalar uçun bunday formulalar umumiy holda mavjud emas. Ammo koeffitsiyentlari kompleks sonlar bölgan ixtiyoriy tenglama kompleks yeçimga ega (q. Algebraning asosiy teoremasi).

    Q.: Algebraning asosiy teoremasi

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АЛГЕБРАИК ТЕНГЛАМА - чап томони номаълумлардан тузилган кўпҳаддан иборат бўлган тенглама. Номаълум х нинг тенгламани қаноатлантирадиган, айниятга айлантирадиган қийматлари тенгламанинг илдизлари ёки ечимлари дейилади. Алгебранинг асосий масалаларидан бири А.т.нинг илдизларини топишдан иборатдир. 1, 2, 3 ва 4даражали А.т. илдизларини топиш формулалари маълум, даражаси 5 ва ундан ортиқ бўлган тенгламалар учун бундай формулалар умумий ҳолда мавжуд эмас. Аммо коэффициентлари комплекс сонлар бўлган ихтиёрий тенглама комплекс ечимга эга (қ. Алгебранинг асосий теоремаси).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.