Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Alginat kislota

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 372-b. — ziyouz.com

    Alginat kislota (lot. alga -suvöt) — köpçilik hujayra pöstida uçraydigan yuqori molekulali rangsiz, amorf uglevod birikma. Mol. m. 3500— 1500 000. Sovuq suvda yomon, issiq suv va işqoriy eritmalarda yaxşi eriydi. Öz hajmidan 200—300 marta ortiq hajmdagi suvni yutiş qobiliyatiga ega. Natriy va kaliyli tuzlari suvda yaxşi erib, yopişqoq eritmalar hosil qiladi. A.k. va uning tuzlari emulsiya va suyuqliklarni quyultirişda, muzqaymoq i.ç. da gel hosil qiluvçi komponent sifatida va b. maqsadlarda işlatiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АЛЬГИНАТ КИСЛОТА (лот. alga -сувўт) — кўпчилик ҳужайра пўстида учрайдиган юқори молекулали рангсиз, аморф углевод бирикма. Мол. м. 3500— 1500 000. Совуқ сувда ёмон, иссиқ сув ва ишқорий эритмаларда яхши эрийди. Ўз ҳажмидан 200—300 марта ортиқ ҳажмдаги сувни ютиш қобилиятига эга. Натрий ва калийли тузлари сувда яхши эриб, ёпишқоқ эритмалар ҳосил қилади. А.к. ва унинг тузлари эмульсия ва суюқликларни қуюлтиришда, музқаймоқ и.ч. да гель ҳосил қилувчи компонент сифатида ва б. мақсадларда ишлатилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.