Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Alitsiklik birikmalar

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 332-b. — ziyouz.com

    Alitsiklik birikmalar - molekulasida bir yoki bir neçta uglerod atomlaridan tuzilgan halqasi yoki halqalar tizimi bölgan organik birikmalar. A.b. bir-biridan halqalarining soni, özaro joylaşişi, uglerod atomlarini xalqalardagi soni, ularning özaro oddiy yoki qöş boğlar orqali boğlanişi va funksional guruhlari b-n farq qiladi. Jumladan, mono-, bi-, tri-, politsiklik A.b. ma'lum. Uglerod atomlarining boğlanişiga qarab töyingan va töyinmagan A.b. böladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АЛИЦИКЛИК БИРИКМАЛАР - молекуласида бир ёки бир нечта углерод атомларидан тузилган ҳалқаси ёки ҳалқалар тизими бўлган органик бирикмалар. А.б. бир-биридан ҳалқаларининг сони, ўзаро жойлашиши, углерод атомларини халқалардаги сони, уларнинг ўзаро оддий ёки қўш боғлар орқали боғланиши ва функционал гуруҳлари б-н фарқ қилади. Жумладан, моно-, би-, три-, полициклик А.б. маълум. Углерод атомларининг боғланишига қараб тўйинган ва тўйинмаган А.б. бўлади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.