Alkillovçi moddalar
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 345-b. — ziyouz.com
Alkillovçi moddalar - yoğ qatori uglevodorodlarining bir valentli radikallarini organik birikmalar molekulalariga kiritiş xususiyatiga ega bölgan moddalar. Al.m. dori vositalari olişda qöllaniladi. Ular sitostatik ta'sir etuvçi moddalar bölib, ösmalarni davolaşda immuno-depressantlar (novembixin, siklofosfin va b.) sifatida işlatiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АЛКИЛЛОВЧИ МОДДАЛАР - ёғ қатори углеводородларининг бир валентли радикалларини органик бирикмалар молекулаларига киритиш хусусиятига эга бўлган моддалар. Ал.м. дори воситалари олишда қўлланилади. Улар цитостатик таъсир этувчи моддалар бўлиб, ўсмаларни даволашда иммуно-депрессантлар (новэмбихин, циклофосфин ва б.) сифатида ишлатилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.