Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Alkogolyat va fenolyatlar

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 348-b. — ziyouz.com

    Alkogolyat va fenolyatlar -spirtlar va fenollarning gidroksil guruhidagi vodorod atomining metallga almaşinişidan hosil bölgan kat-tik moddalar. Spirtda yaxşi eriydi. Alkogolyatlar işqoriy va işqoriy-yer metallarni spirtda eritiş yöli b-n olinadi, fenolyatlar esa fenollar b-n işqorlar suvli eritmalarining özaro ta'sirlaşuvi natijasida hosil böladi. Suv ta'sirida A. va F. spirt va işqorga parçalanadi. A. va F. organik kimyoda turli xil sintetik birikmalar olişda va katalizator sifatida işlatiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АЛКОГОЛЯТ ВА ФЕНОЛЯТЛАР -спиртлар ва фенолларнинг гидроксил гуруҳидаги водород атомининг металлга алмашинишидан ҳосил бўлган кат-тик моддалар. Спиртда яхши эрийди. Алкоголятлар ишқорий ва ишқорий-ер металларни спиртда эритиш йўли б-н олинади, фенолятлар эса феноллар б-н ишқорлар сувли эритмаларининг ўзаро таъсирлашуви натижасида ҳосил бўлади. Сув таъсирида А. ва Ф. спирт ва ишқорга парчаланади. А. ва Ф. органик кимёда турли хил синтетик бирикмалар олишда ва катализатор сифатида ишлатилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.