Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Allegretto

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 350-b. — ziyouz.com

    Allegretto (ital. allegretto, allegi-oning kiçraytirilgan şakli) — musiqada: 1) örtaça tezlikdagi (allegroga nisbatan sekinroq) sur'at; 2) şu sur'atda ijro etiladigan musiqa asari yoki uning qismi. Özbekiston kompozitorlari asarlarida, köproq, sur'at sifatida işlatiladi: Ik. Akbarovning 1-kvarteti (1-qismi) va 3-kvarteti (2-qismi), S. Yudakovning «Maysaraning işi» operasidagi Hidoyatxon qöşiği va b.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АЛЛЕГРЕТТО (итал. allegretto, allegi-онинг кичрайтирилган шакли) — мусиқада: 1) ўртача тезликдаги (аллегрога нисбатан секинроқ) суръат; 2) шу суръатда ижро этиладиган мусиқа асари ёки унинг қисми. Ўзбекистон композиторлари асарларида, кўпроқ, суръат сифатида ишлатилади: Ик. Акбаровнинг 1-квартети (1-қисми) ва 3-квартети (2-қисми), С. Юдаковнинг «Майсаранинг иши» операсидаги Ҳидоятхон қўшиғи ва б.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.