Allil spirt
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 353-b. — ziyouz.com
Allil spirt ALLIL SPIRT, CH2=CH-CH2OH oddiy töyinmagan spirt, mol.m. 58,08. Qölansa hidli, rangsiz suyuqlik, suyuqlaniş t-rasi — 129°, qaynaş t-rasi 96,9°. Suvda, etil spirt va etil efirda yaxşi eriydi. Suv b-n azeotrop aralaşma (28% H2O; qaynaş t-rasi 89°) hosil qiladi. Sanoatda A.s. allil xloridni 100° da, 1,0 MPa bosimda işqor iştirokida gidrolizlab olinadi. Spirtlarga va qöş boğli birikmalarga xos barça reaksiyalarga kirişadi. A.s. glitserin, akrolein, oddiy va murakkab allil efirlar, sintetik smolalar va farmatsevtik preparatlar olişda işlatiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АЛЛИЛ СПИРТ, СН2=СН-СН2ОН оддий тўйинмаган спирт, мол.м. 58,08. Қўланса ҳидли, рангсиз суюқлик, суюқланиш т-раси — 129°, қайнаш т-раси 96,9°. Сувда, этил спирт ва этил эфирда яхши эрийди. Сув б-н азеотроп аралашма (28% Н2О; қайнаш т-раси 89°) ҳосил қилади. Саноатда А.с. аллил хлоридни 100° да, 1,0 МПа босимда ишқор иштирокида гидролизлаб олинади. Спиртларга ва қўш боғли бирикмаларга хос барча реакцияларга киришади. А.с. глицерин, акролеин, оддий ва мураккаб аллил эфирлар, синтетик смолалар ва фармацевтик препаратлар олишда ишлатилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.