Alteratsiya
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 377-b. — ziyouz.com
Alteratsiya (lot. alteratio — özgartiriş) — 1) musiqada asosiy tovuşqator poğonalarini (nomini saqlagan holda) özgartiriş; uning balandligini çorak, yarim yoki butun tonga balandlatiş yoki pastlatiş. 2) garmoniyada A. tovuşqatordagi noturğun poğonalarni xromatik özgartiriş orqali tuzuk (lad) tortilişlarni kuçaytirişga xizmat qiladi. Tarkibida özgargan poğonalar mavjud bölgan interval yoki akkordlar A.laşgan interval va akkordlar deb yuritiladi; 3) biol. da — mexanik kuç, issiqlik; elektr toki, kimyoviy moddalar va b. ta'sirida hujayra va töqimalar funksiyasining özgarişi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АЛЬТЕРАЦИЯ (лот. alteratio — ўзгартириш) — 1) мусиқада асосий товушқатор поғоналарини (номини сақлаган ҳолда) ўзгартириш; унинг баландлигини чорак, ярим ёки бутун тонга баландлатиш ёки пастлатиш. 2) гармонияда А. товушқатордаги нотурғун поғоналарни хроматик ўзгартириш орқали тузук (лад) тортилишларни кучайтиришга хизмат қилади. Таркибида ўзгарган поғоналар мавжуд бўлган интервал ёки аккордлар А.лашган интервал ва аккордлар деб юритилади; 3) биол. да — механик куч, иссиқлик; электр токи, кимёвий моддалар ва б. таъсирида ҳужайра ва тўқималар функциясининг ўзгариши.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.