Alvar Gyulstrand
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 518-b. — ziyouz.com
Gyulstrand Alvar GYULSTRAND (Gullstrand) Alvar (1862—1930) — Şvetsiya oftalmologi. Köz optikasi ustida tadqiqot olib borib, simmetriya tekisligiga boğliq holda astigmatizmning uç turini aniqladi; nurning siniş va qaytariş sistemalarini «dioptriyalarda hisoblaş» deb ataladigan yangi usulni işlab çiqdi. Binokulyar, reflekssiz oftalmoskop, tirqişli lampa, lupa-közoynak kabi asboblar ixtiro qildi. Nobel mukofoti laureata (1911).
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГЮЛЬСТРАНД (Gullstrand) Альвар (1862—1930) — Швеция офтальмологи. Кўз оптикаси устида тадқиқот олиб бориб, симметрия текислигига боғлиқ ҳолда астигматизмнинг уч турини аниқлади; нурнинг синиш ва қайтариш системаларини «диоптрияларда ҳисоблаш» деб аталадиган янги усулни ишлаб чиқди. Бинокуляр, рефлекссиз офтальмоскоп, тирқишли лампа, лупа-кўзойнак каби асбоблар ихтиро қилди. Нобель мукофоти лауреата (1911).
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.