Alyuminiy sulfat
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 381-b. — ziyouz.com
Alyuminiy sulfat ALYUMINIY SULFAT, A12(SO4)3 -sulfat kislotaning alyuminiyli tuzi, rangsiz kristall modda; oddiy şaroitda A12(SO4)318H2O oq rangli kristallogidrat holida böladi. 100 g suvda 36,15 g eriydi, spirtda erimaydi. Kristallogidrat qizdirilganda asta-sekin suvini yöqotadi, yuqori t-rada alyuminiy oksidi va oltingugurt gaziga parçalanadi. Işqoriy metallarning sulfatlari b-n birikib, qöş tuzlar — aççiqtoşlar hosil qiladi. Texnik A.s. boksit yoki giltuproqqa sulfat kislota ta'sir ettirib, sof holdagi A.s. esa alyuminiy gidroksidni qaynoq konsentrlangan sulfat kislotada eritib olinadi. A.s. suv tozalaş, qoğoz i.ç., töqimaçilik va teri oşlaş sanoatida işlatiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АЛЮМИНИЙ СУЛЬФАТ, A12(SO4)3 -сульфат кислотанинг алюминийли тузи, рангсиз кристалл модда; оддий шароитда A12(SO4)318H2O оқ рангли кристаллогидрат ҳолида бўлади. 100 г сувда 36,15 г эрийди, спиртда эримайди. Кристаллогидрат қиздирилганда аста-секин сувини йўқотади, юқори т-рада алюминий оксиди ва олтингугурт газига парчаланади. Ишқорий металларнинг сульфатлари б-н бирикиб, қўш тузлар — аччиқтошлар ҳосил қилади. Техник А.с. боксит ёки гилтупроққа сульфат кислота таъсир эттириб, соф ҳолдаги А.с. эса алюминий гидроксидни қайноқ концентрланган сульфат кислотада эритиб олинади. А.с. сув тозалаш, қоғоз и.ч., тўқимачилик ва тери ошлаш саноатида ишлатилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.