Amaliy grafika
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 389-b. — ziyouz.com
Amaliy grafika - grafika turi. Grafika usulida işlangan asarlar kundalik turmuşda zarur bölgan qoğoz pul, lotereya biletlari, zayom qoğozlari, poçta markalari, aksiyalar, konfet, papiros, yorliq qoğozlari, pasport va guvohnomalar, turli korxonalarning mahsulotidagi belgi, har xil buyumlar solinadigan qutiça, örov qoğozlari va b.ni bezaşda işlatiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АМАЛИЙ ГРАФИКА - графика тури. Графика усулида ишланган асарлар кундалик турмушда зарур бўлган қоғоз пул, лотерея билетлари, заём қоғозлари, почта маркалари, акциялар, конфет, папирос, ёрлиқ қоғозлари, паспорт ва гувоҳномалар, турли корхоналарнинг маҳсулотидаги белги, ҳар хил буюмлар солинадиган қутича, ўров қоғозлари ва б.ни безашда ишлатилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.