Amper teoremasi
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 441-b. — ziyouz.com
Amper teoremasi - berk (aylanma) çiziqli tok magnit maydonining tegişli magnit yaproqçasi (qöş qatlam hosil qiluvçi magnit dipollar) maydoniga ekvivalent ekanligini ifodalaydigan teorema. 1820 y.da A. Amper tomonidan tavsiflangan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АМПЕР ТЕОРЕМАСИ - берк (айланма) чизиқли ток магнит майдонининг тегишли магнит япроқчаси (қўш қатлам ҳосил қилувчи магнит диполлар) майдонига эквивалент эканлигини ифодалайдиган теорема. 1820 й.да А. Ампер томонидан тавсифланган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.